Qalam va alam

Egamberdiyeva Dilnoz Xolboboyevna

Shahrisabz tumanidagi 4-maktab

 ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi

   Inson qalbi shunchalar nozikki , uni obod etuvchi ham, barbod etuvchi ham –so’z.  So’zning qudrati benihoya yuksak va zalvorlidir. Bir so’z bilan umidsiz kishini hayotga qaytarish, birgina so’z bilan esa inson umriga nuqta qo’yi mumkin.

  So’zning salmog’ini bilib, undan o’z o’rnida mohirona qo’lagan , o’zining chuqur falsafiy fikrlari bilan har bir kitobxon qalbidan joy olgan ‘O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni , el sevgan shoirimiz Abdulla Oripov bugun oramizda yo’q. Bu ko’hna dunyo hech kimga shavqat qilmaydi. Tong otdimi, kun botmog’i  tayin. Inson tug’ildimi, demak o’lmog’i ham muqarrar. Bu dunyoda qilgan yaxshi ishlarimiz, ezgu amallarimiz qoladi. O’zbek adabiyotining so’nmas quyoshi, mudroq qalblarni seskantiruvchi ,junbo’shga soluvchi satrlari bilan qalbimizdan munosib o’rin egallagan ijodkor, o’zbek adabiyotining darg’alaridan biri Abdulla Oripovning o’lmas merosi kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida  tarbiyalashda munosib o’rin tutadi.  Shunday ekan  Shoirlikni da’vo qiluvchilar ko’p , ammo ularning har biri bu nomga loyiq bo’la oladimi? Albatta, yo’q.

   XX asrning 60-yillarida Abdulla Oripov she’riyati o’zbek adabiyotida yangi davrni boshlab berdi. Shoir ijodida tasviriy vositalar, tashbehlar asosida fikr va tuyg’ular misralarga ustalik bilan joylanganki, bunday mahorat faqat tug’ma iste’dodlargagina xos bo’lgan noyob fazilatdir. Abdulla Oripov lirikasi orqali o’zbek adabiyotiga inson ruhiyatini tasviri, uning o’y-xayollari, orzu-armonlari , ruhiy iztiroblar manzarasi, va bularning barchasining inson qalbida, uning ong-u tafakkurida , tashqi va ichki dunyosida qoldirgan izlari haqida qalam tebratgan ijod sohibi. Shoirning barcha lirik ijod namunalarini  o’qiganimizda bizni chuqur o’y –xayollar qamrab oladi va biz ham go’yo shoirning satlarida aks etgan tuyg’ularni qalbimizga ko’chganligini, bizda ham falsafiy  teranlik, nikbin tug’ularning junbo’shga kelishini his qilamiz va ichki bir ovoz unga  yana va yana qayta murojat qilishga undaydi.

  Abdulla Oripovning san’atkorligi shundaki  , u hodisalarning boshqalar ko’rmaydigan yoki ko’rgan bo’lsa-da payqamaydigan jihatlarini o’ziga xos tarzda aks ettira oladi. Shoir iste’dodi, nazarining o’tkirligi, tuyg’ularining nozikligi, hissiyotining teranligi bilan ham alohida ajralib turadi. Abdulla Oripovning she’rlari hayot uchun kurashadi. Shoirning butun umri shunday hayotda o’z o’rniga ega bo’lish uchun kurashdan iborat edi. Hayot esa mudom bizning kurashlarimiz ustidan kuladi. Abdulla Oripov yigitlik, kuch-qudratga to’lgan chog’larda ko’p bashoratangez satrlar aytgan . Ular milliy ong , milliy xayolni shakllantirgan fikrlar. Abdulla Oripov “Nimanidir axtaraman she’rdan ham ulug’ ” degan. Shoir albatta buni o’zi haqida aytgan. Lekin bu oltmishinchi yillarda minglarcha o’yli yoshlarning fikriga aylangan… Satr-ku aytildi. Lekin Abdulla Oripov oradan yigirma besh yil o’tib o’zi axtargan narsasini topdimi? Topmadimi?

    Ko’zlarimga goh ko’rinar telba misoli

    Men bir vaqtlar sajda qilgan hazrati inson …

Abdulla Oripov o’z she’ri bilan murojaat qilgan avlod topdimi? Topmadimi? Sharaf ham keldi shoirga. Shuhrat ham keldi . Davlat ham … Lekin shoir shularni axtarganmidi? Lekin bular har qancha jozibali bo’lmasin , she’rdan ulug’ emas. Abdulla Oripov uzoq yillar o’tib , juda ko’p narsalardan hafsalasi pir bo’lib , goh tortinib , goh havolanib va har safar yana o’sha asil darveshona xayollari og’ushiga qaytib , men qidirgan narsa Muhabbat edi , dedi.

 Rost, muhabbat she’rdan ulug’ bo’lishi mumkin. Aksincha she’r qayda?  Qaydan keladi? Qanday keladi?

  Lekin baribir Abdulla Oripov axtargan narsa Muhabbat bo’lganda ham u siz bilan biz o’ylagan , tasavvur qilgan muhabbatmikan? Muhabbat deganda  shoir tamom ila o’zga bir  olam va uning jihatlarini tasavvur qilsa kerak. Biz esa bu tasavvur olamiga hali –hamon kirib borolmayotgandirmiz?  Shoir ijodiga murojat qilar ekanmiz , bunday falsafiy mazmundagi misollarni ko’plab uchratamiz.

Shoir “O’zbekiston ” qasidasida “… Amerika – sehrli diyor ,

                                                          Uxlar edi Kolumb ham hali.

                                                          Dengiz ortin yoritdi ilk bor

                                                          Beruniyning aql mash’ali.

                                                          Kolumbda bor alamim manim,

                                                          O’zbekiston – Vatanim manim!”-deb bitilgan jumlalariga turmush o’rtog’i Hanifa aya Yarmatovaning shoirga atab yozgan “Amirqoda shunchalik alamingiz bormidi,

Buning isboti uchun joningiz nisormidi?”

 Satrlari qanchalik achchiq haqiqat ekanligi hech birimizga sir emas. O’z she’rlarida “sehirli diyor” deb ta’riflagan , ummon ortidagi Amerikaning Texas shahrida hayotining so’nggi kunlarini  o’tkazgan va shu yerda og’ir xastalikdan vafot etgan  shoirimiz qalamining bu diyordagi alamlari satrlardan hayot haqiqatiga aylanganiga  hayron qolasan kishi.  Abdulla Oripovning so’nmas ijodi, uning o’lmas asarlari doim xalqimiz ardog’ida. O’zbek xalqi sevimli shoiri, jonkuyar yurt fidoyi bo’lgan o’g’lonini also unutmaydi. 

   Siz  qalamlar birla bitilgan bu alamlar  har bir o’zbek farzandini qalbidan chuqur joy olgan va bundan so’ng ham olajak. O’zbekistonning istiqboli baland, kelajagi porloq, iste’dodli yoshlari dunyoning yetakchi davlatlari yoshlari bilan bellasha olishlariga, ajdodlarga munosib avlod bo’lishlariga , yurt sha’ni, inson degan nomni oqlashlariga  ishonamiz.

  So’zlarim yakunida O’zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning quyidagi to’rtliklarini aytishni joiz topdim.

          Yashil bahor olib

                                   kelgandi uni.

         Yoz daryo bo’yida

                                    suvga zor etdi.

         Qahraton yonida

                                   yurdi har kuni,

         Nihoyat suygani –

                                   kuz bilan ketdi.     

 

 

       Iste’dodli xassos shoirimiz hayotni sevishni, teran fikrlashni, kurashlarda toblanib yashash shukuhini qalblarimizga muhrlab , abadiy dillarda  yashaydi. O’zbek xalqi o’zining fidoiy , qalbi yurt dardi, bashariyat qayg’usi bilan yongan shoir o’g’lonini aslo unutmaydi.