Har birimiz sayyoramizni asrashga o’z hissamizni qo’shishimiz mumkin. Har birimiz sayyoramizni saqlab qolish uchun o’z hissamizni qo’shishimiz mumkin: energiyani tejash, ekologik toza mahsulot va xizmatlarni tanlash, jamoat transportidan foydalanish, avtomobillardan kamroq foydalanish, chiqindilarni saralab ajratish va hokazo…
Ekopatrul xizmati nimani himoya qiladi?
“Respublikada ekologik holatni yaxshilash, daraxtlar muhofazasini samarali tashkil etish va yashil maydonlarni kengaytirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusi yuzasidan tashkil etilgan
“Yosh ekopatrul” guruhining asosiy vazifasi ekotizim barqarorligini taʼminlash, ona tabiatni asrab-avaylashga hissa qoʻshish va tengdoshlarini ham bu savobli ishga jalb qilishga qaratilgandir
“Yosh ekopatrul”chilar sohaga oid bilim va tajribalarini amaliyotda mustahkamlashadi.
Ekopatrul xizmati nimani himoya qiladi? Asosiy vazifasi nimadan iborat?
– Bugungi kunda asosan ekologik qonun buzilishlarning oldini olish, o`simlik dunyosi, suv, er, havo kabi har bitta ekologiyaga aloqador narsalarga nisbatan qonun buzilishlarini oldini olish Ekopatrulning asosiy vazifasi hisoblanadi. Qonunbuzarlikning oldini olish uchun esa aholiga tushuntirish ishlarini ham olib boradi. Bu bo`yicha esa bugungi kunda ishlar boshlangan va tun-u kun bu xizmat ishlamoqda.
– Daraxtlarni qurishini oldini olish Ekopatrul xizmatiga vazifasiga kirmaydi. Qurigan archalarga nisbatan Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bor. Ana shu tashkilot daraxtlarni dorilash, sug`orish kabi ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifa ularga yuklangan
Avvalambor, bunday parklar Toshkent shahar “Ekologiya inspeksiyasi”ning nazoratida bo`ladi. Inspektorlar nazorat qilib boradi. Agar mabodo aholi tomonidan shikoyat kelib tushadigan bo`lsa, Inspeksiya bilan birgalikda kirib, shunga nisbatan chora ko`rish imkoniyati bor.
– Bu xizmat viloyatlarda ham yo`lga qo`yiladimi?
– Bu loyiha barcha viloyatlarning markazlarida amalga oshiriladi va hozirdan ishga tushirilmoqda.
Xalqaro iqlim kuni sayyoramizni himoya qilish har bir insonning burchi ekanligi haqidagi ezgu g‘oyani ilgari suruvchi muhim sanaligi bilan alohida ahamiyatga ega. Asosiysi bugungi kunimizda usbu kunning ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan «12-may – Ekologik bilimlar kuni» munosabati bilan plogging ekoaksiyasi oʻtkazildi.
Tadbir Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Qarshi Muhandislik iqtisodiyat instituti, Qarshi davlat universiteti hamda koʻngilli yoshlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Plogging yugurishni chiqindi yigʻish bilan birlashtirgan ekologik harakat hisoblanadi.
Ekoaksiya Qarshi shahrining “Jayhun”, “Olimlar”, “Alisher Navoiy” hamda «Mustaqillik» koʻchalarida 10 km masafoda boʻlib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq ishtirokchilar tomonidan 400 kg yaqin chiqindilar toʻplanib, maxsus texnikalarga joylashtirildi.
Tadbir yakunida aksiyada faol ishtirok etgan 10 nafar yosh ishtirokchi tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, atrof-muhitga katta foyda keltiradigan bu kabi ekoaksiyalarni viloyatimiz boʻylab doimiy oʻtkazish rejalashtirildi.
O‘z hududingizda toza va musaffo havoni saqlab qolish hamda yashil daraxtlarni ko‘paytirishda faol ishtirok eting! Unutmang! Tabiat uchun har birimiz mas’ulmiz.
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (EKOSOC) Prezidenti Lachezara Stoyeva bilan uchrashdi.
O‘z navbatida Stoyeva xonim Markaziy Osiyo davlatlarining ijtimoiy, ekologik va iqlim muammolarini birgalikda hal etish, shu orqali xalqaro maydonda mintaqaviy yaxlitlikka intilishlarini qo‘llab-quvvatladi.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning EKOSOC Fan va texnologiyalarni rivojlantirish komissiyasiga a’zo etib saylangani ham mamlakat, ham butun mintaqa tashabbuslarini ilgari surish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda, shuningdek, ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Markaziy Osiyo ekologik tadqiqotlar va iqlim o‘zgarishi universitetining ochilishi ham alohida e’tirof etildi.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Stoyeva xonim Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning uchta yirik tadbiri – choʻllanish boʻyicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi.
“Eko-patrul” loyihasi amalga oshirildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sardorlar Kengashi tomonidan “Obod va fayzli mahalla-yurt koʻrki” shiori ostida “Eko-patrul” loyihasi amalga oshirildi.
Loyiha davomida poytaxtimizdagi “Doʻstlik” kanali boʻyida yigʻilgan chiqindilar tozalandi.
Bunday xayrli ish barcha sardorlarga zavq bagʻishlash barobarida, ularni ona tabiatni yanada sevib avaylashga undashi shubhasizdir.
Ekologik reydlar jarayonida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarining bajarilishini taʼminlash, shuningdek aholining ekologik madaniyatini yana-da yuksaltirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarining ham olib borilishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berilgan.
Respublika bo`yicha 8 oy mobaynida 3149 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 5115 dona daraxt kesilgan. Bundan esa 4,5 milliard jarima, 7 milliard 800 dan ko`p kompensasiya hisoblangan. Bu raqamlarni “Ekologiya qo`mitasi” oshkor qildi. Lekin nimaga mana shu ko`rsatkichlar haligacha Davlat statistika qo`mitasiga oshkora taqdim etilmayapti?
4-umumiy o’rta ta’lim maktabining
ingliz tili fani o’qituvchisi
Djumanova Elmira Salomovna