Quyida yozilgan maqolada xotin-qizlarning sport bilan shug’llanishi va sog’lom turmush tarzini yaratish to’risida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar: Xotin-qizlar, sport,”Barkamol avlod”, “Alpomish va Barchinoy”.

O’zbek  ayollarining  kiyinish, zeb-u-ziynatlar  taqish, bezanish borasidagi say harakatlari, orzu-umidlari qadimgi davrlarda ham boshqa xalqlardan kam bo’lmagan. Hozirgi mustaqillik davridagi ayollarning milliy ma’daniyati, ayniqsa milliy zamonaviy kiyimlarni kiyishi, qimmatbaho bezaklarni taqishi, turmush ma’daniyatini barcha sohalardagi amaliy faoliyatlari Evropa va Osiyo mamlakatlardagi ayollar ma’daniyatidan kam emas, balki ustunroqdir ham.

Ayni vaqtda ayollar  bola tarbiyasiga katta ahamiyat berib kelmoqdalar. Bolalarni ko’paytirish, ularni tarbiyalab voyaga etkazish maqsadida ko’pchilik ayollar, hatto yosh kelinchaklar ham o’z salomatligi xaqida kam darajada g’amxo’rlik qilishgan.To’y marosimlar va boshqa yumushlar uchun pul yig’ish, boylik to’plash ortiqcha zeb-u-ziynatlarga burkanish maqsadida jismoniy va faol harakatlar bilan shug’ullanishni unutib qo’ygan yoki umuman bilmaydigan ayollar ko’paymoqda.

Xotin qizlar sportini rivojlantirish va ularning sog’ligiga e’tibor berish maqsadida yurtimizda yil nomlari qo’yildi,jumladan :«Ayollar yili» (1999), «Sog’lom avlod yili» (2000), «Onalar va bolalar yili», (2001), «Qariyalarni qadrlash -yili» (2002), «Obod mahalla yili» (2003), “Yoshlar yili” deb atalishi zamirida  «sog’lom ona sog’lom bola», «Sog’ tanda-sog’lom aql», «Barkamol avlod tarbiyasi» kabi muhim shiorlar ostida turli tuman ma’daniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilgan. Ularning negizida asosan xotin qizlarning salomatligi, ma’daniy turmush farovonligini oshirish, o’quvchi va talaba qizlarning kasb hunar egallashlari, sog’lom turmush tarzini egallashlarini ahamiyat kasb etmoqda.

Ommaviy axborot vositalari, teleradio va san’at saroylari, ulkan sport inshoatlarilarida xotin-qizlar faolyati, ularning zamonaviy madaniyati doimo o’z ifodasini topmoqda. Ta’kidlash lozimki, umum-ta’lim maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, turli xil o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarini taxsil olayotgan qariyb 6 milion yoshlarni yarmidan ko’pini xotin qizlar tashkil etadi.Ularning 75-80 % esa mahalliy millat vakillari. Bu juda quvonarli dalil va voqelikdir.  Lekin ular orasida jismonan zaif, kasalmand, tug’ma nogironlar ham oz emas. Barcha turdagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport to’garaklarida muntazam shug’ullanuvchilar umumiy qizlar soniga nisbatan yil hisobida oshib bormoqda. »Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Unversiada» va boshqa turli sport musobaqalarida faol ishtirok etuvchi xotin-qizlar soni 50-60% atrofidadir. Ayniqsa «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari bo’yicha tayyorgarlik mashg’ulotlari hamda musobaqalarida bevosita qatnashayotgan soni ham sifatiham maqtashga arzigulikdir

Iroda To’laganova (katta tennis) Saida (suvda suzish), Yulduz Xamraqulova (shaxmat), va boshqa istedodli sportchi qizlar faqat yurtimiz yoki markaziy Osiyodagina emas, hatto Osiyo va Jahonga tanilgandir.

Quyida nomlari keltirilgan sportchi ayol va qizlarimizga havas qilgan holda yurtimizdagi ayol va qizlarimiz sportning hamma turlarida faol ishtirok etib kelishmoqda. Sport  bilan shug’ullangan xotin- qizlarda sog’liq va turmush tarzida ijobiy o’zgarishlar sezilmoqda.Bu holat ayniqsa chekka qishloqlardagi maktab, sport maktablari, maktabgacha ta’lim maskanlarida xotin-qiz ustoz, murabbiylarning  faoliyat olib borayotganligi so’zimizning isbotidir.Sport bilan shugullangan sog’lom  xotin-qizlarimizdan sog’lom farzandlar dunyoga kelishini tibbiyot ham isbotladi. Xulosa qilib aytganda, yurtimizdagi xotin-qizlarimizning sog’ligini va turmush madaniyatini shakillantirish uchun jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratib berishimiz lozim,shundagina, biz ko’zlagan maqsadga erisha olamiz. 

                 Adabiyotlar ro’yxati:

1. Karimov I.A. «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li». T 1992

2. Karimov I.A. «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» T Sharq 1999    

3.”Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T 2000.

Shahrisabz tumanidagi 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Tursunova Shamsiqamar

Fikr bildirish

*