Quyida havola etmoqchi bo’lgan  didaktik  o’yinlar  va    qiziqarli  metodlardan  biz kimyo  darslarida   foydalanishimiz mumkin.O’quvchilar uchun bu didaktik  o’yinlar  va qiziqarli  metodlarning  o’zi  xos tarbiyaviy  ahamiyati  va   bosqichlari mavjuddir.

Kalit so’zlar: Metod,dedaktika,yangi texnalogiya,interfaol,topqirlik ,birdamlik.

 Bu bosqichlarni quyidagicha belgilab olish mumkin:

1. Tayyorlov davri. O’yin natijasiga katta ta’sir etuvchi mas’uliyatli bosqich. Shu o’rinda asosiy vazifa o’quvchilarni o’yinning maqsadi, mavzusi, qoidasi, shartlari bilan tanishtiriladi.

2. O’yinni tashkil etish. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib, vazifalar bo’lib beriladi.

3. O’yinni o’tkazish. Belgilangan vazifani yakka va guruhlarga birlashtirib, topshiriqlarni bajartiriladi.

4. O’yin natijalari. Natijani baholash, xulosalash, ya’ni o’yinning o’quv-bilish natijalarini tahlil qilish.

Didaktik o’yinlarni o’tkazish o’quvchilarga quyidagicha mas’uliyat yuklaydi:

– o’yinlarni o’tkazish jarayonida faol bo’lish;

– diqqat va e’tiborli bo’lish, do’stlarini gapini bo’lmaslik;

– o’z vazifasini aniq bajarish;

– ko’rgazmali qurollar tayyorlash;

– birdamlik va hamjihatlik kuchini his qilish;

– o’zaro ishonch;

Didaktik o’yinlar texnologiyasi qisqa vaqtda amalga oshiriladigan tizimlashgan guruhiy mashg’ulotlar bo’lib, ularni o’tkazish oson va oldindan tayyorgarlik ko’rish shart emas. U ko’p vaqt olmaydi. O’yinlar o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirib, darsning boshida, o’rtasida oxirida o’tkazish tavsiya qilinadi.

Yangi pedagogik texnologiyaga bag’ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator didaktik o’yinlar haqida so’z yuritilib, innovatsion metod sifatida taqdim etilmoqda. Ana shulardan kimyo darslaridan qo’llanish mumkin bo’lgan ayrim o’yinlar haqida so’z yuritamiz:

  1. Konseptual  jadval

Ushbu metodida o’quvchilar jamoa bo’lib quyidagi mavzularni:

 8-sinf V, VI, VII guruh elementlari, 9-sinf “Ishqoriy metallar”, “Ishqoriy- yer metallari”, IV guruh elementlari mavzularini o’quvchilar birgalikda to’ldiradilar vao’z maruzalrini doskaga chiqib himoya qiladialr.

“Gologenlar”  mavzusida  “Konseptual jadval”  ni  to’ldirish namunasi

Element nomi Tabiatda tarqalishi Fizik kimyoviy xossalar Ishlatilishi
F      
CL      
Br      
J      

    2 Sirli quticha

Bu metodda o’quvchilarni kimyoviy asboblar nomini fazifasini bilishbilan birga bir vaqtning o’zida hozir javoblikka o’rgatadi. Bunda chiroyli qilib bezatilgan quticha ichida turli kimyoviy asboblar: konus simon tubi yassi va yumaloq kolbalar, proberkalar o’lchov stakanlari chinni kosacha vahozako idishlarning ichida qiziqarli mavzuga oid manyiqiy savollar solinadi yoi yopishtiriladi. Guruhlardan o’quvchilar qaramasdan sirli quticha ichidagi nomalum idishni oladi va dastlab nomini aytadi. Idish nomini tug’ri aytsa ichidagi savoliga to’g’ri javob aytsa rag’batlantiriladi.

  • “Pinbord ” usuli

Bu metodni (Oksidlar ) mavzusida qo’llash mumkin

Oksidlarning nomlari Oksidlarning kimyoviy formulasi Oksidlarning grafik formulasi
Natriy oksidi    
Kalsiy oksidi    
Fosfor V oksidi    
Azot I oksidi    
Alyuminiy oksidi    
Xlor VII oksidi    
Marganzik II oksidi    
  • “Blits savollar” 

    Ushbu metodda uyda vazifani tekshirish maqsadida guruhlarga barcha o’quvchilarga o’tilgan mavzu yuzasidan tezkor savollar beriladi va har bir  to’g’ri  javob uchun  rag’bat beriladi.

  • “Elementlar daraxti”

    Ushbu metodning afzalligi o’quvchilar moddalarning kimyoviy formulalarini, nomini yod olish ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Yasalgan daraxtda olmalar bir tomoni raqamlangan holda, orqa tomoni esa kimyoviy moddalar formulasi yozilgan holda bo’ladi, 4ta guruhdan chiqgan o’quvchilar navbat bilan raqam tanlaydilar va kim tez va to’g’ri modda nomini aytsa shu o’quvchi rag’batlantiriladi. Ushbu metodda o’quvchilarga 7-sinfda “Elementlar”, metallar va metalmaslar, “Oksidlar”, “asoslar”, “kislotalar” ni yod olishga yordam beradi.

  • “Plyus va minus”

Ushbu metodda savollar 3 xil darajada tuzilgan bo’ladi va bu usulda a’lochi o’quvchilr uchun imkon beriladi va rag’bat  jarimani  qo’lga  kiritadilar.

  • “Tartib intizom metodi ”  

     Ushbu sinfda shovqin ko’tarmaslik, o’quvchilar bir birini hurmat qilishi maqsadida har bir guruh o’quvchilari rag’bat to’plab borishadi.

  • “Kimyoviy soat metodi

     Bunga o’z o’zini baholash guruhlarga soat strelkalari asosida metallar ko’rsatiladi. Gururhlar oldindan tarqatib berilgan javoblar jadvaliga savollar asosida javoblarni yozib to’ldiradilar. Berilgan vaqt tugagandan so’ng, javoblar varaqasi guruhlar bilan almashinadi va monitorda ko’rsatilgan to’g’ri javoblar asosida tekshiriladi.   

                                             OH-                              Mg2+

                                                     Cu2+             Ca2+

 Ba2+

Kimyoviy formula Nomlanishi Toifalanishi
1 NaOH Natiry gidroksid  
2 KOH Kaliy gidroksid  
3 LiOH Litiy gidroksid  
4 Be(OH)2 Berilliy gidroksid  
5 Mg (OH)2 Magniy gidroksid  
6 Ca(OH)2 Kalsiy gidroksid  
7 BaOH)2 Bariy gidroksid  
8 Cu(OH)2 Mis (2) gidroksid  
9 Zn (OH)2 Rux gidroksid  
10 Al (OH)3 Aluminiy gidroksid  
11 Fe(OH)3 Temir gidroksid  

9.  “Sehrli qopcha” metodi

Har  bir  guruhga  bittadan qopcha beriladi. Ushbu qoplarda oksidlar nomi aralash berilgan bo’ladi.  Har bir guruh o’zida berilgan oksidlar guruhlarini ajratishlari kerak bo’ladi.

Asosli oksid                      Kislotali oksid                Amfoter oksid

1-guruh                                   2-guruh                                      3-guruh       

    10. “Blits so’rovi”

Har bir guruhdan bittadan  o’quvhchi jadvalni  to’ldiradi.

Asosli oksid Kislotali oksid Amfoter oksid Befarq oksid Peroksid
         
         
         

Xulosa qilib aytganda, ta’lim mazmunining  o’zgarishi, ta’limda  pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi, zamonaviy o’qitish metodlari  talablarining o’zgarishlari, dolzarb masala bo’lib har bir o’qituvchiga  katta mas’uliyat  yuklaydi. Davr talabi darajasida  dars o’tish bevosita  pedagogik texnologiya,  kimyo  o’qitishning nazariy va metodik asoslari  bilan bog’liq.

         Shularni nazarda tutib  yangi pedagogik texnologiyalar  va ularni amaliyotda  qo’llash yuzasidan  materiallar berildi.

Ushbu  materiallar kimyo fani  o’qituvchilarining ish faoliyatlarida, ta’lim maqsadlarini  amalga oshirishda, yordam beradi deb umid qilaman.

Foydalangan adabiyotlar  ro’yxati:

1 Umumiy kimyo kursi

2. Talim  va  tarbiyada  innovatsion pedagogik texnologiyalardan       foydalanish    R.Ishmuhamedov

           3.www.uzedu.uz

                                                                                                                                             SHAHRISABZ  TUMANI

 4-umumiy o’rta ta’lim

 maktabning kimyo

 fani o’qituvchisi

 Turdiyeva Fotima  Tufliyevna

Fikr bildirish

*