Muhammad Yusufni qaydan izlayin.
Shahrisabz tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi To’raqulova Dilfo’za ijpdlaridan.
Bugun nomingizga ash’orlar bitib,
Gohida uy surib mo’jiza kutib,
Bag’rimdagi achchiq hasratni yutib
Ayting jarohatga imkon so’zlayin,
Muhammad Yusufni qaydan izlayin.
—————————————-
Jannatning to’rida joy bo’ldi bisyor,
Nahot yolg’on dunyo unga bo’ldi tor.
Kimdir o’lim kutar to’shakda zor-zor,
Muhammad Yusufni qaydan izlayin.
—————————————-
Qizg’aldoq haqida she’rlar bitibdi,
Dardu alamini ichga yutibdi.
Ollohdan u oson o’lim kutibdi,
Bormikan bu dardga davo izlayin,
Muhammad Yusufni qaydan izlayin.
—————————————–
She’rlarida doim nolalari bor
Sevimli farzandu, bolalari bor.
She’rlari sevilib o’qilar takror,
Mazmunli she’rlari o’lmaydi zinhor,
Muhammad Yusufni qaydan izlayin.
—————————————–
Qizg’anib o’qiysan ko’zlaring tolar
Aytmasang bu g’amlar ichingda qolar,
She’rlariga shydo bormi bizdayin,
Muhammad Yusufni qaydan izlayin.
—————————————–
Bu dunyo yaralgan aslida bir kam,
Kimgadir mehr bor, kimgadir alam,
Nahot buncha bevaqt sinmasa alam.
Shoirning dardlarin ne deb so’zlayin.
Muhammad Yusufni qaydan izlayin.
——————————————
Qizg’aldoqlar hatto egib qoldi bosh,
Hatto erib tushdi qoyalardan tosh,
Muxlislar yig’ladi jala bo’ldi yosh,
Haroratin birpas yashirdi quyosh.
Betakror shoirni qaydan izlayin.
—————————————–
Bu dunyo hech kimga vafo qilmaydi,
Sendan ne o’tganin hech kim bilmaydi,
Sog’inib, entikib, kutib oh urma
Muhammad shoirim qaytib kelmaydi.
—————————————–
Betakror shoirsiz buni bilamiz,
Qo’l ochib doimo duo qilamiz,
Jannatning to’rida bo’ling farishta,
Bizni qo’llab yuring har bir yumushda.
————————————–
She’rlaringiz bo’lar dardlarga malham,
Har bir she’ringizda mehr va alam,
Dunyo shunday ekan aslida bir kam,
Shoirlar tug’ilsin yana sizdayin,
Muhammad Yusufni qaydan izlayin.