Dars ila tarbiya  orasida biro z farq bo`lsa ham

      Ikkisi bir- biridan ayrilmaydurgan,birining

      vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur.

                                                                         Abdulla Avloniy

Ta`lim tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o`sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar zamonaviy bilim ,ko`nikma, va malakalarni o`zlashtirgan hamda jamiyatda o`z munosib o`rnini  egallashga qodir bo`lgan komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir .Bugun har bir o`qituvchi o`ziga ishonib topshirilgan har bir soat darsini muqaddas deb bilishi va unga zarracha xiyonat qilib bo`lmasligini his etishi lizim.Ana shu maqsadda Xalq ta`limi vazirligi  tomonidan ishlab chiqilib, ta`lim jarayonida tadbiq etilayotgan “Dars-muqaddas”deb nomlangan. 

Dars bu-sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun  o`quv tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etishidir,Shunday ekan har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka,pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olishi lozimliginihis qilishi kerak..Chunki har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish o`quvchilarga yaxshi ta`lim –tarbiya berish tashkil etadi.

O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:

1 O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi

2 O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi

O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib,o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:

-Davlat ta`lim standarti,o`quv dasturi,o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish.

-O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish.

-tegishli ko`rgazma materiallarini ,o`quv jixozlarini o`rganish,ularni qo`llay bilish.

-Ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, tahlil qilish orqali o`z bilimini kengaytirish.

– kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib,bu boradagi mahoratini oshirish,electron darsliklar,matn muharrirlari”Ziyo Net”axborot ta`lim portaliga joylangan ma`lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.

Oqituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalaridandir.

Darsga tayyorgarlik ko’rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:

1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt aniqlashtirib olinadi.

2-bosqich: DTS va o’quv dasturidan o’tilayotgan mavzu yuzasidan o’quvchida qanday tushunchalar shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.

3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko’rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o’rganib  chiqiladi hamda dars ishlanmasi yoziladi. Dars ishlanmasining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat.

 Sana, sinf  (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo’yicha alohida-alohida dars ishlanmasini yozishi shrt emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-“A”, “B” sinflar deb ko’rsatiladi), fan nomi yoziladi.

 Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida) dars maqsadi (darsga qo’yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan, aniq, hayotiy va dars yakunida baholanadigan bo’lishi maqsadga muofiq.

  1. Ta’limiy maqsad – dars jarayonida o’quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar asosida belgilanadi;
  2. Tarbiyaviy maqsad – dars jarayonida o’quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;
  3. Rivojlantiruvchi maqsad – dars natijasida o’quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo’lishi mumkin.

     Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko’rgazmali va didaktik materiallar.

      Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin.

Tashkiliy qism:

O’tilgan mavzuni takrorlash.

Yangi mavzuni tushuntirish.

Yangi mavzuni mustahkamlash

O’quvchilarni baholash

Uyga vazifa berish.

      Dars ishlanmasini tayyorlashda o’qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi lozim.

     Dars ishlanmasi hamma o’qituvchida bo’lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo’lishi o’qituvchining dars o’tishdagi o’ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. Bunda hamma o’qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o’rnatib bo’lmaydi.

       Agarda o’qituvchi dars berayotgan  o’quvchilarning  turli ko’rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo’lsa, o’qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan xalaqit berishlariga yo’l qo’yilmaydi.

   Dars ishlanmasi qo’lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o’qituvchi albatta, o’zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim

 

4-umumiy o`rta ta`lim maktabining  O’TIBDO` Nozigul Xalilova

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Fikr bildirish

*