Buyuk shoir , mutaffakkir ,g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi Shahrisabz tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 4-umumiy o`rta ta`lim maktabida katta tantana bilan tashkil etildi. Maktabda Alisher Navoiy tavalludini o`tkazish yuzasidan maktabning 2018-yil 5- fevral 24-sonli buyru`gi ishlab chiqildi va ushbu buyruq asosida chora tadbirlar tuzib olindi. Barcha sinf ro`znomalari buyuk shoir tavalludiga bag`ishlab chiqarildi.
Maktabda Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlab “She’riyat bustoning buyuk shoiri” nomli tadbir tashkil qilindi.
Ona tili va adbiyot fani o`qituvchilari tomonidan g`azalxonlik kechasi, turli mushoira va tadbirlar tashkil etildi.
O`quvchilar tadbirda Alisher Navoiy g`azallaridan ifodali aytib tomoshabinlarni xushnud etdilar.
9-sinf o`quvchilari Alisher Navoiyning yirik asari “Xamsa”asari haqida ma`lumotlar aytdilar.
9-sinf o`quvchilari Navoiy va Guli monloglaridan parcha aytishdi.
Tadbirda mumtoz raqslar va kuylar namoyish etildi.
Oybekning “Navoiy” romanidan sahnaviy ko`rinish namoyish
etildi .Tadbir so`ngida sinflar ora mushoira tashkil etildi.
Maktabning barcha sinf o`quvchilari Navoiyxonlik tadbirlarida aktiv ishtirok etishdi[:]